24.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Mazkur maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida kommunikativ yondashuvning nazariy-metodik asoslari, uning an’anaviy grammatik-tarjima usullari bilan qiyosiy ustun jihatlari hamda zamonaviy ta’lim muhitida, xususan, tabiiy fanlar, jumladan biologiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchi va talabalarning kasbiy-kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishdagi samaradorligi chuqur tahlil qilinadi. Maqolada kommunikativ yondashuvning real nutqiy vaziyatlarga asoslanishi, talabalarning faol ishtirokini ta’minlashi, fanlararo integratsiyani kuchaytirishi hamda biologik terminologiyani kontekst asosida o‘zlashtirishga imkon yaratishi ilmiy-metodik dalillar asosida yoritiladi. Tadqiqot davomida xorijiy va mahalliy ilmiy manbalar tahlil qilinib, kommunikativ yondashuvning o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi pedagogik hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni asoslab beriladi.
Keywords: kommunikativ yondashuv, ingliz tili o‘qitish metodikasi, fanlararo integratsiya, biologiya ta’limi, nutqiy kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, CLT, ta’lim samaradorligi.