24.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada badiiy asarda shakl va mazmun tushunchalarining nazariy mohiyati hamda ularning o‘zaro dialektik birligi yoritiladi. Shakl va mazmun kategoriyalarining falsafiy-estetik asoslari tahlil qilinib, ularning badiiy asar yaratilishidagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada shaklning badiiy asarning tashqi tuzilishi va kompozitsiyasini belgilashi, mazmunning esa asarning g‘oyaviy-falsafiy mohiyatini ifodalashi misollar asosida asoslab beriladi. Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasi hamda Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani misolida shakl va mazmunning uyg‘unligi, ularning ijtimoiy muammolarni badiiy aks ettirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada badiiy asarning o‘quvchi ongida qayta talqin qilinishi va mazmunning ko‘p qatlamliligi masalasiga ham e’tibor qaratiladi.
Keywords: badiiy asar, shakl va mazmun, badiiy shakl, badiiy mazmun, syujet, kompozitsiya, g‘oya