OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA ICHKI AUDIT NAZORATINI AMALGA OSHIRISH VA UNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

24.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12

Abstract. Mazkur ilmiy maqolada oliy ta’lim muassasalarida ichki audit nazoratini tashkil etish va amalga oshirishning nazariy-metodologik asoslari hamda amaldagi holati kompleks tarzda tahlil qilinadi. Ichki audit tizimining oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining shaffofligini ta’minlash, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda korrupsion holatlarning oldini olishdagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada ichki audit faoliyatini tashkil etish jarayonida uchrayotgan asosiy muammolar, jumladan, normativ-huquqiy bazaning yetarli darajada takomillashmaganligi, ichki audit xodimlarining malaka darajasi, riskga asoslangan audit yondashuvlarining yetarli darajada joriy etilmagani va raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasining pastligi tahlil qilinadi. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalarida ichki audit nazoratini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilib, ichki audit tizimini modernizatsiya qilish, audit jarayonlarini raqamlashtirish, risklarni boshqarish mexanizmlarini kuchaytirish hamda ichki auditning boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi rolini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Keywords: ichki audit, ichki nazorat tizimi, oliy ta’lim muassasalari, moliyaviy nazorat, byudjet mablag‘lari, byudjetdan tashqari mablag‘lar, riskga asoslangan audit, korrupsiyaga qarshi nazorat, shaffoflik, raqamli audit, moliyaviy intizom.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor