22.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada ashyoviy dalillarni yo'q qilish bilan bog'liq ijro hujjatlarining ijrosini ta'minlash masalalari tadqiq etilgan. Maqolada ijro ishini yuritishning nazariy asoslari, amaliy muammolari va ularni hal etish yo'llari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, ashyoviy dalillarni yo'q qilish bilan bog'liq ijro hujjatlarining samarali ijrosi uchun huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish, davlat ijrochilarining vakolatlarini kengaytirish va idoralararo hamkorlikni mustahkamlash zarur.
Keywords: ijro hujjati, ashyoviy dalil, davlat ijrochisi, majburiy ijro, sud hujjati, ijro ishi yuritish, yo'q qilish, protsessual tartib.