22.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada ijro ishlarini yuritish jarayonida mediatsiya institutining huquqiy ahamiyati va amaliy qo'llanilishi masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida milliy va xorijiy qonunchilik tahlili, ilmiy adabiyotlar sharhi hamda statistik ma'lumotlar o'rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, mediatsiya ijro ishlarida sud qarorlarining ixtiyoriy ijrosini ta'minlash, ijro xarajatlarini kamaytirish va tomonlar o'rtasidagi munosabatlarni saqlashda muhim vosita hisoblanadi.
Keywords: mediatsiya, ijro ishi, muqobil nizolarni hal etish, sud qarori ijrosi, ijro hujjati, kelishuv bitimi, qarzdor, undiruvchi.