“FLIPPED LEARNING” MODELI ASOSIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH

19.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12

Abstract. Maqolada flipped learning modeli asosida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida talabalarni faollikka jalb qilish va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish bilim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Flipped learning modeli talabaga yangi mavzuni darsdan oldin mustaqil o‘rganish imkonini beradi, dars esa amaliy mashqlar, muammoli vazifalar va guruhli muhokamalarga bag‘ishlanadi. Ushbu yondashuv talabalarda faollikni oshiradi, tanqidiy fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Maqolada flipped learning modelining pedagogik asoslari, afzalliklari va cheklovlari, mustaqil ta’limni tashkil etish metodlari va modelning talabalarning motivatsiyasi hamda bilim darajasiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari flipped learning modelining talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil etishda pedagogik jihatdan yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, model talabalarga individual o‘rganish sur’atini sozlash, o‘zini-o‘zi baholash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi.

Keywords: Flipped learning, mustaqil ta’lim, talabalarning faolligi, faol o‘rganish, pedagogik innovatsiya, o‘zini-o‘zi boshqarish, ta’lim texnologiyalari.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor