18.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Mazkur maqola “Yashil pedagogika” konseptining pedagogik va nazariy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda yashil pedagogika tushunchasi, uning ekologik, ma’naviy va ijtimoiy ahamiyati, shuningdek, maktab va oliy ta’lim muassasalarida uni joriy etish usullari tahlil qilinadi. Maqolada yashil pedagogikaning asosiy prinsiplari – tabiatga hurmat, resurslarni tejash, barqaror rivojlanish g‘oyalari va ekologik ongni shakllantirish – yoritilgan. Shuningdek, pedagogik jarayonda yashil pedagogikani qo‘llashning amaliy tavsiyalari keltirilgan. Tadqiqot natijalari pedagoglar, o‘qituvchilar va ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Keywords: Yashil pedagogika, ekologik ta’lim, barqaror rivojlanish, pedagogik konsepsiya, ekologik ong, innovatsion pedagogik texnologiyalar.