KORPORATIV BOSHQARUVDA ESG STANDARTLARI VA UNING KORPORATIV KENGASH A'ZOLARINING FIDUSIAR MAJBURIYATLARI TRANSFORMATSIYASIDAGI AHAMIYATI

16.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12

Abstract. Asrlar davomida korporativ huquq doirasida korporativ kengash a'zolarining fidusiar majburiyatlari kontseptsiyasi deyarli o‘zgarmas bo‘lib kelgan. Bu an'anaviy paradigma uzoq vaqt davomida aksiyadorlarning ustunligi (Shareholder Primacy) nazariyasiga asoslanib, korporativ kengashlarning majburiyatlari asosan, aksiyadorlar uchun moliyaviy foydani maksimallashtirish maqsadiga qaratgan. Korporativ huquqdagi bu yondashuv korporativ maqsadni iqtisodiy o‘sish va qisqa muddatli qiymat yaratish bilan tenglashtirdi. Biroq, XXI asrning boshidan boshlab, global miqyosdagi uchta fundamental omil Ekologik, Ijtimoiy va Boshqaruv (ESG) xatarlarining keskin kuchayishi fonida, bu tor doiradagi korporativ huquqdagi korporativ boshqaruv a’zolarining fudisar majburiyatlar tizimi sezilarli darajada bosim ostiga olinmoqda va inqirozga yuz tutmoqda. Natijada, bugungi kunda korporativ kengash qarorlari faqatgina qisqa muddatli moliyaviy natijalarni emas, balki uzoq muddatli barqarorlikni ta'minlash, ijtimoiy mas'uliyatni anglash va barcha manfaatdor tomonlar (stakeholders) oldidagi majburiyatni ham o‘z ichiga olishi qonuniy va amaliy jihatdan tartibga solinishi talab etilmoqda. Bunday yangi huquqiy transformatsiya jarayonlari korporativ huquqda korporativ kengash a'zolari uchun yangi, murakkab huquqiy savollarni yuzaga keltirmoqda.

Keywords: ESG (Ekologik, Ijtimoiy, Boshqaruv), Fidusiar Majburiyatlar, Korporativ Boshqaruv, Aksiyadorlar Ustunligi, Manfaatdor Tomonlar, Biznes Qarorini Baholash Qoidasi, Iqlim O‘zgarishi Bo‘yicha Sud Ishlari, Yevropa Ittifoqi Korporativ Huquqi, Aksiyadorlar Javobgarligi, Barqaror Rivojlanish.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor