TUROPERATORLIK FAOLIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY HAMDA IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

16.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12

Abstract. Maqolada O‘zbekistonda turoperatorlik faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. So‘nggi yillarda turizm milliy iqtisodiyotning ustuvor strategik tarmoqlaridan biriga aylangani sababli, turoperatorlik tizimining samaradorligini oshirish, innovatsion boshqaruv mexanizmlarini joriy etish va raqamli texnologiyalar asosida sohani modernizatsiya qilish zarurati asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida O‘zbekistonda turoperatorlik faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlari tizimlashtirilgan hamda ularning o‘zaro integratsiyasiga asoslangan model ishlab chiqilgan. Tadqiqotda ishlab chiqilgan iqtisodiy va tashkiliy modellarning mohiyati –davlat siyosati, xususiy sektor resurslari hamda xalqaro standartlarning uyg‘unlashuvi orqali turoperatorlik sohasida barqaror o‘sish, raqobatbardoshlik va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishdan iborat. Modelning amaliy tatbiqi turizm sektorida yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport salohiyatini kengaytirish va hududiy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga xizmat qiladi.

Keywords: turoperator, tashkiliy mexanizmlar, iqtisodiy mexanizmlar, raqamli turizm, davlat-xususiy sheriklik, innovatsion boshqaruv, barqaror rivojlanish.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor