YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH

16.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12

Abstract. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar moliyalashtirish tizimining hozirgi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida davlat byudjeti, maxsus jamg‘armalar, xalqaro tashkilotlar granti, imtiyozli kredit liniyalari hamda xususiy sektor mablag‘lari kabi moliyaviy manbalar tarkibi o‘rganildi. Amaldagi tizimda resurslarning diversifikatsiya darajasining pastligi, monitoring va samaradorlik indikatorlarining yetarli darajada shakllanmagani, yosh tadbirkorlar uchun moliyaviy savodxonlikning sustligi kabi muammoli jihatlar aniqlangan. Muallif tomonidan moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha bir qator takliflar – moliyalashtirish manbalarini kengaytirish, raqamli monitoring tizimlarini joriy etish, grant va kreditlar samaradorligini baholash indeksini yaratish, startap ekotizimini rivojlantirish hamda xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni kuchaytirish – ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari yoshlarga oid davlat siyosatining moliyaviy barqarorligini oshirish, loyihalarning real ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini kuchaytirish hamda yoshlarga ko‘rsatilayotgan davlat qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini samarali optimallashtirishga xizmat qiladi.

Keywords: Yoshlarga oid davlat siyosati; yoshlar loyihalari; loyihalarni moliyalashtirish; davlat byudjeti; maxsus jamg‘armalar; xalqaro grantlar; imtiyozli kreditlar; yosh tadbirkorlik; startaplar; moliyaviy savodxonlik; monitoring tizimi; samaradorlik ko‘rsatkichlari; davlat-xususiy sheriklik (DXSh); raqamli moliyaviy boshqaruv; innovatsion moliyalashtirish mexanizmlari.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor