15.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada O‘zbekiston mintaqalari o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiya jarayonlari, ularning rivojlanish dinamikasi, mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Hududlar o‘rtasida resurslar, ishlab chiqarish quvvatlari, infratuzilma va investitsiya oqimlarining notekis taqsimlanishi iqtisodiy integratsiya samaradorligiga bevosita ta’sir etishi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, maqolada hududlararo iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, transport va logistika tizimlarini rivojlantirish hamda innovatsion hamkorlikni kengaytirish orqali iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish yo‘llari taklif etiladi.
Keywords: iqtisodiy integratsiya, mintaqaviy hamkorlik, infratuzilma, innovatsiya, investitsiya, hududiy siyosat, barqaror rivojlanish.