15.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Qishloq va shahar hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlar mamlakat iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalaridan biridir. Ushbu maqolada hududlararo daromad, ish o‘rinlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma va resurslardan foydalanishdagi farqlar tahlil qilinadi. Shuningdek, tafovutlarni kamaytirish uchun davlat siyosati, investitsiya dasturlari, infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalar va ekologik barqaror yechimlar kabi chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Maqola hududiy barqarorlikni ta’minlash va ijtimoiy adolatni oshirishga yo‘naltirilgan strategiyalarni taklif etadi.
Keywords: qishloq hududlari, shahar hududlari, iqtisodiy tafovut, investitsiya siyosati, hududiy rivojlanish, barqarorlik, infratuzilma, innovatsiya, ekologiya