13.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Mazkur tadqiqot ishida xizmat ko‘rsatish sohasida yashirin iqtisodiyotni oldini olish va uni bartaraf etishda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida raqamlashtirilgan (inson omiliga bog‘liq bo‘lmagan) nazorat mexanizmlarining ahamiyati, uning iqtisodiy samaradorligi va takomillashtirish yo‘nalishlariga e’tibor qaratilgan. Muallif tomonidan Samarqand viloyatidagi xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari misolida raqamlashtirilgan (avtokameral) tizimi orqali yashirin iqtisodiyotni bartaraf etilishi mexanizmining iqtisodiy samaradorligini ko‘rib chiqib, uning takomillashtirish yuzasidan o‘z ilmiy-amaliy taklif va xulosalarini bayon etgan.
Keywords: yashirin iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyot, xizmat ko‘rsatish sohasi, avtokameral, nazorat mexanizmi.