TURIZM VA XIZMATLAR SEKTORINING HUDUDIY IQTISODIYOTDAGI O’RNI VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI (Samarqand viloyati misolida)

13.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12

Abstract. Mazkur maqolada Samarqand viloyati iqtisodiyotining tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan turizm va xizmatlar sektorining hozirgi holati, iqtisodiy o‘sishdagi o‘rni hamda istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida so‘nggi yillarda turizm infratuzilmasida yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar, xorijiy investitsiyalar oqimi, bandlik darajasi hamda xizmatlar hajmidagi o‘sish dinamikasi o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Samarqand viloyatida turizm iqtisodiy o‘sishning drayver sohasiga aylangan bo‘lib, hudud yalpi mahsulotining chorak qismiga yaqinini ta’minlamoqda. Shu bilan birga, tadqiqotda mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Keywords: turizm, xizmatlar sohasi, hududiy iqtisodiyot, investitsiya, Samarqand viloyati, raqamli turizm, barqaror rivojlanish.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor