O‘ZBEKISTON BANK TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISH VA DEPOZIT FAOLIYATINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

13.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12

Abstract. Ushbu maqolada O‘zbekiston depozit bozori rivojlanishining hozirgi holati, muammolari va istiqbollari tahlil qilinadi. Mamlakatda so‘nggi yillarda bank tizimini isloh qilish, aholining jamg‘arma madaniyatini shakllantirish hamda bank tizimiga ishonchni oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, davlat siyosatini takomillashtirish orqali depozit bozorini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari — moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, foiz siyosatini liberallashtirish, depozit sug‘urtasi tizimini kengaytirish va raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish masalalari tahlil etilgan. Maqolada shuningdek, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, uzoq muddatli depozitlarni rag‘batlantirish hamda innovatsion bank mahsulotlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.

Keywords: Depozit bozori, bank tizimi, davlat siyosati, moliyaviy barqarorlik, foiz stavkasi, inflyatsiya, raqamli bank xizmatlari, depozit sug‘urtasi, jamg‘arma madaniyati, iqtisodiy rivojlanish.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor