O'ZBEKISTONDA KO'CHMAS MULK BOZORINI RIVOJLANISH MUAMMOLARI VA ULARNING INNAVASION YECHIMLARI

13.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12

Abstract. O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorining shakllanish jarayoni, rivojlanish tendensiyalari ham mavjud va bu muammolar chuqur tahlil qilingan. Ko‘chmas mulk bozori mamlakat iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u turar joy, tijorat va sanoat mulklarini sotish, ijaraga berish, investitsiya kiritish hamda boshqarish faoliyatlarini o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston sharoitida ushbu bozorning iqtisodiy ahamiyati, davlat siyosatining roli, mavjud qonunchilik bazasi hamda xorijiy tajribalar o‘rganilgan. Shuningdek, ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirishda uchrayotgan asosiy muammolar — moliyalashtirishning cheklanganligi, raqamli infratuzilmaning yetarli emasligi, qonunchilikdagi noaniqliklar va investitsiya muammolari alohida tahlil qilinadi. Ushbu muammolarga qarshi samarali yechim sifatida raqamli platformalarni joriy etish, elektron monitoring tizimini yaratish, ipoteka kreditlash mexanizmlarini soddalashtirish va xorijiy investorlar uchun soliq imtiyozlarini kengaytirish taklif etilgan.

Keywords: ko‘chmas mulk bozori, innovatsion yechimlar, ipoteka tizimi, investitsiya, raqamli platforma, O‘zbekiston, iqtisodiy rivojlanish.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor