13.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Maqolada ko‘chmas mulk bozori infratuzilmasi tushunchasi, uning asosiy tarkibiy qismlari va iqtisodiyotdagi samaradorlikka ta’siri tahlil qilingan. Infratuzilma elementlari sifatida kadastr tizimi, moliya institutlari, sug‘urta tashkilotlari, ko‘chmas mulk agentliklari va axborot platformalarining iqtisodiy mexanizmlardagi o‘rni o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan infratuzilma ko‘chmas mulk bozorida investitsion muhitni yaxshilaydi, bitimlar shaffofligini oshiradi hamda iqtisodiy o‘sishni tezlashtiradi.
Keywords: ko‘chmas mulk bozori, infratuzilma, iqtisodiy samaradorlik, investitsiya, kadastr tizimi, ipoteka, raqamli platformalar.