13.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada chet tili o'qitishida o'qituvchi va talabalar o'rtasidagi pedagogik interaksiyaning turli shakllari tahlil qilingan. Zamonaviy universitet amaliyotida qo'llaniladigan kommunikativ, hamkorlikka asoslangan va texnologik vositalar orqali amalga oshiriladigan interaksiya modellari nazariy jihatdan o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, o'qituvchi-talaba interaksiyasining muvaffaqiyati kommunikativ muhit yaratish, individual yondashuvni ta'minlash va muntazam qayta aloqa berish prinsiplarining kompleks qo'llanilishiga bog'liq ekanligi aniqlangan.
Keywords: pedagogik interaksiya, chet tili o'qitish, kommunikativ yondashuv, o'qituvchi-talaba muloqoti, interfaol metodlar, qayta aloqa.