SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA O‘SUVCHI NA’MATAK (ROSA CANINA L.) O‘SIMLIGINING ILDIZ TIZIMI RIZOSFERASIDAN AJRATIB OLINGAN MESORHABDITIS (OSCHE, 1952) AVLODIGA MANSUB NEMATODA TURLARINING MORFOLOGIK VA BIOLOGIK XUSUSIYATLARI

13.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12

Abstract. Ushbu ilmiy tadqiqot Surxondaryo viloyati sharoitida o‘suvchi na’matak (Rosa canina L.) o‘simligining ildiz tizimi rizosferasidan ajratib olingan Mesorhabditis (Osche, 1952) avlodiga mansub nematoda turlarining morfologik va biologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida namunalar tuproq-rizosfera qatlamidan standart nematologik usullar asosida ajratib olindi va laboratoriya sharoitida morfometrik, mikroskopik hamda identifikasion tahlillar amalga oshirildi. Olingan natijalar Mesorhabditis turlarining tana tuzilishi, og‘iz apparati, reproduktiv tizimi, o‘lcham ko‘rsatkichlari kabi morfologik belgilarini aniqladi, shuningdek ularning ko‘payishi, rivojlanish bosqichlari va rizosfera biotsenozidagi ekologik roli yoritildi. Tadqiqot Surxondaryo hududidagi yovvoyi dorivor o‘simliklar bilan bog‘liq nematofaunaning xilma-xilligini aniqlashga va Mesorhabditis avlodiga mansub turlarni regional diagnostika mezonlari bo‘yicha tavsiflashi bilan ahamiyatlidir.

Keywords: na’matak (Rosa canina L.), rizosfera, ildiz tizimi, nematodalar, Mesorhabditis, morfologik xususiyatlar, biologik xususiyatlar, parasitik nematodalar, to‘plam va identifikatsiya, ekologik sharoitlar, Surxondaryo viloyati


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor