13.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada gender tengligi siyosatining huquqiy asoslari, uning shakllanishi va rivojlanishida davlatning roli tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni kafolatlovchi normativ-huquqiy baza, xususan Konstitutsiya, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarning mazmuni ochib beriladi. Maqola gender siyosatini amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari, institutlari va jamiyatdagi amaliy ahamiyatini yoritishga qaratilgan bo‘lib, gender tengligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi asoslab beriladi.
Keywords: gender tengligi, huquqiy poydevor, teng huquqlar, imkoniyatlar, gender siyosati, normativ-huquqiy baza, Konstitutsiya, kafolatlar, gender islohotlari.