INVESTITSIYA MUHITINI TAKOMILLASHTIRISHNING FDI OQIMIGA TA’SIRI

13.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12

Abstract. Ushbu maqola mamlakatda investitsiya muhiti yaxshilanganda nega va qanday qilib xorijiy investitsiyalar ko‘payishini tushuntiradi. Tadqiqot davomida qonunchilikning barqarorligi, soliqlar tizimining qulayligi, infratuzilmaning rivoji va biznes yuritish uchun yaratilgan sharoitlar kabi omillar o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy muhit yaxshilanganda xorijdan kapital kiritish istagi ortadi, raqobat kuchayadi va iqtisodiy o‘sish tezlashadi. Maqolada investorlar uchun toza va shaffof bozor yaratish, mulk huquqlarini kafolatlash, hamda ishonchli biznes muhitini shakllantirish mamlakat investitsion jozibadorligini oshirishda eng muhim omillardan ekanligi ta’kidlanadi.

Keywords: investitsiya muhiti, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (FDI), investitsion jozibadorlik, institutsional islohotlar, biznes muhit, soliq tizimi, bozor shaffofligi, mulk huquqlarini himoyalash, infratuzilma rivoji, iqtisodiy o‘sish.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor