12.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada sun’iy intellektning zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni va yoshlarning bilim olishiga ta’siri yoritilgan. SI texnologiyalarining shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish, mustaqil o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim jarayonini interaktivlashtirishdagi afzalliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf va cheklovlar ko‘rib chiqilib, uning oqilona qo‘llanilishi bo‘yicha takliflar berilgan. Tadqiqot natijalari SI yoshlarning ilmiy rivojlanishida muhim vosita ekanini ko‘rsatadi.
Keywords: Sun’iy intellekt, ta’lim, raqamli kompetensiya, yoshlar, interaktiv o‘qitish, texnologiya.