ESKI XOVOS ARXEOLOGIK YODGORLIGI: MARKAZIY OSIYODAGI ELLINISTIK DAVR MANZILGOHINING KO‘P QATLAMLI TARIXI

12.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12

Abstract. Ushbu maqolada Sirdaryo viloyatida joylashgan Eski Xovos arxeologik yodgorligining shakllanishi, madaniy qatlamlari, me’moriy qoldiqlari, topilmalari va ularning Markaziy Osiyo tarixiy-madaniy jarayonlaridagi o‘rni yoritiladi. Manzilgohda hayot miloddan avvalgi IV–III asrlarda boshlangan va XX asrning o‘rtalarigacha uzluksiz davom etgan. 2014-yilgi qazishmalar natijasida topilgan Anaxita haykalchasi, XII asrgacha mansub chiroq va ellinistik davr devorlari hududning boy madaniy qatlamini ochib beradi. Tadqiqotlar natijalari Eski Xovosning Ustrushona hududi uchun etalon yodgorlik sifatidagi ahamiyatini tasdiqlaydi.

Keywords: Eski Xovos, Sirdaryo viloyati, Xovosobod, arxeologiya, ellinistik davr, miloddan avvalgi IV–III asrlar, madaniy qatlamlar, Farg‘ona vodiysi, Eylatan madaniyati, Anaxita haykalchasi, Humo qushi ramzi, sug‘orish tizimi, urbanizatsiya, Markaziy Osiyo qadimiy manzilgohlari.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor