11.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Mazkur maqolada “Yashil iqtisodiyot” strategiyasi doirasida nomoddiy aktivlarning iqtisodiy ahamiyati va ularni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirish masalalari yoritiladi. Innovatsion texnologiyalar, intellektual mulk, dasturiy mahsulotlar, ekologik menejment tizimlari kabi nomoddiy aktivlar barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, jahon tajribasida yashil iqtisodiyotda nomoddiy aktivlarni baholash, amortizatsiya siyosatini yuritish hamda ularning korxona qiymatiga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot yakunida O‘zbekistonda ekologik yo‘naltirilgan investitsiyalar va yashil texnologiyalarni hisobga olishda buxgalteriya tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan.
Keywords: nomoddiy aktivlar, intellektual mulk, buxgalteriya hisobi, amortizatsiya, IFRS, moliyaviy hisobot.