11.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tishning dolzarb masalalari, istiqbollari va muammolari tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyot kontseptsiyasining nazariy mohiyati, uning barqaror rivojlanish, ekologik barqarorlik va iqtisodiy o‘sishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, mamlakatda energiya samaradorligi, qayta tiklanadigan energiya manbalari, suv resurslarini boshqarish va ekologik innovatsiyalarni joriy etish yo‘nalishidagi amaliy chora-tadbirlar va muammolar ko‘rib chiqiladi. Maqolada yashil iqtisodiyotga o‘tishning imkoniyatlari va rivojlanish strategiyalari ilmiy asosda tahlil etiladi.
Keywords: yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, qayta tiklanadigan energiya, energiya samaradorligi, ekologik innovatsiya, O‘zbekiston, iqtisodiy rivojlanish.