RAQAMLASHTIRISH JARAYONIDA INSON OMILINING KAMAYISHI VA UNING IJTIMOIY TA’SIRI

11.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12

Abstract. Ushbu maqolada raqamlashtirish jarayonining mehnat faoliyatiga, inson omilining ahamiyatiga va ijtimoiy tizimlarga ta’siri tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt, avtomatlashtirish va raqamli texnologiyalar natijasida inson ishtirokining qisqarishi jamiyatdagi kasbiy moslashuv, ijtimoiy tengsizlik va bandlik muammolariga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani o‘rganilgan. Tadqiqotda aralash metodlar — sotsiologik so‘rov, ekspert intervyu va qiyosiy tahlil usullari qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamlashtirish ijtimoiy tizimlarni modernizatsiya qilayotgan bo‘lsa-da, u yangi ijtimoiy muvozanat muammolarini ham yuzaga keltirmoqda. Shuningdek, raqamli transformatsiya sharoitida inson kapitalini rivojlantirish va yangi ijtimoiy moslashuv mexanizmlarini shakllantirish zarurligi asoslab berilgan.

Keywords: raqamlashtirish, inson omili, sun’iy intellekt, mehnat bozori, raqamli tafovut, ijtimoiy ta’sir, avtomatlashtirish.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor