11.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Maqolada innovatsion iqtisodiyot sharoitida qurilish sohasini boshqarishda raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Qurilish jarayonlarida raqamli yechimlar, axborot modellashtirish (BIM), sun’iy intellekt (AI) va “yashil” texnologiyalarning samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda qurilish sohasini raqamlashtirishda mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Keywords: innovatsion iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, qurilishni boshqarish, sun’iy intellekt, BIM texnologiyasi, raqamli boshqaruv, avtomatizatsiya, “yashil” qurilish, innovatsiya, samaradorlik.