11.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Maqolada raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va raqamli transformatsiya jarayonlari orqali korxona va davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish masalalari o‘rganilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt vositalari iqtisodiy faoliyatning barcha sohalarida jarayonlarni avtomatlashtirish, ma’lumotlarni tahlil qilish va qaror qabul qilish sifatini yaxshilash imkonini beradi. Shu bilan birga, raqamli transformatsiya orqali resurslardan foydalanish optimallashtiriladi, ish jarayonlari tezlashadi va iqtisodiy samaradorlik oshadi. Maqolada, shuningdek, raqamli iqtisodiyotning ijtimoiy, moliyaviy va regulyativ jihatlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, innovatsiyalarni tatbiq etish va inklyuziv rivojlanish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
Keywords: raqamli iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, samaradorlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellect, innovatsiyalar, resurslarni optimallashtirish, elektron xizmatlar.