10.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada qurilish loyihalarida sifatni shakllantirish bosqichlari, ularning mazmuni va ahamiyati tahlil qilinadi. Qurilish jarayonida sifat ko‘rsatkichlari loyiha ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini bajarish hamda obyektni foydalanishga topshirish bosqichlarida shakllanadi. Maqolada har bir bosqichda sifatni ta’minlashga ta’sir etuvchi omillar, nazorat va boshqaruv mexanizmlari, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va standartlarning roli yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sifatni shakllantirish jarayonida kompleks yondashuv, innovatsion usullar va me’yoriy hujjatlarga rioya etish yuqori sifatli, xavfsiz va barqaror qurilish obyektlarini yaratishning asosiy omilidir. Qurilish obyektlarini loyihalash jarayonida amalga oshirish uchun loyihalashtirish jarayonini boshqarish dolzarb muammo hisoblanadi. Maqolada qurilishda loyihalashtirishga jarayonli yondashuv asosida tahlil qilish uslubiyatini rivojlantirish masalalari bayon qilingan.
Keywords: investitsion-qurilish jarayoni, loyihalash, jarayonli yondashuv, bosqichlar, ta’sir kuchlari, natijalar.