10.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Mazkur maqolada O‘zbekiston qurilish sanoatining hozirgi holati, uning raqobatbardoshligini ta’minlovchi omillar hamda sohadagi tizimli muammolar tahlil qilingan. Qurilish tarmog‘i mamlakat iqtisodiyotining strategik sektori bo‘lib, ichki bozorni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Shunga qaramay, texnologik kechikish, innovatsiyalarni joriy etishdagi sustlik, kadrlar malakasining yetarli emasligi va investitsion muhitning to‘liq shakllanmagani tarmoq raqobatbardoshligini pasaytirmoqda. Maqolada raqamli transformatsiya, “yashil qurilish” tamoyillari, import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali sohani rivojlantirish istiqbollari ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida qurilish klasterlarini tashkil etish va BIM (Building Information Modeling) tizimlarini joriy etish orqali samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ilgari surilgan.
Keywords: Qurilish sanoati, raqobatbardoshlik, innovatsiya, raqamli texnologiya, investitsiya, iqtisodiy islohotlar, resurs samaradorligi.