10.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada jamiyatda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash jarayonida yuzaga kelayotgan asosiy muammolarni tahlil qilish hamda ularning samarali yechimlarini asoslashga qaratilgan. Bugungi globallashuv, raqamli transformatsiya, ijtimoiy tengsizlikning kuchayishi, axborot bosimi va migratsiya jarayonlarining jadallashuvi inson huquqlarini himoya qilish tizimiga yangi talablar qo‘ymoqda. Shu sababli, tadqiqotda huquqiy ongning yetarli darajada shakllanmaganligi, ayrim sohalarda qonun ijrosidagi sustkashliklar, korrupsiya holatlarining mavjudligi, davlat organlari va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlikning yetarli darajada bo‘lmaganligi kabi omillar chuqur ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Shuningdek, so‘nggi yillarda aholining axborot texnologiyalaridan faol foydalanishi natijasida yuzaga kelayotgan yangi turdagi huquqbuzarliklar, shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi, raqamli xavfsizlik, onlayn diskriminatsiya kabi zamonaviy xavf va muammolar ilmiy asosda ochib beriladi. Tadqiqot yakunida inson huquqlarini samarali ta’minlash uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, sud-huquq tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirish, davlat organlarida ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish, huquqiy madaniyatni rivojlantirish hamda raqamli xavfsizlikni mustahkamlashga oid aniq taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.
Keywords: inson huquqlari, erkinliklar, jamiyat, huquqiy ong, korrupsiya, sud tizimi, ijtimoiy tenglik, davlat organlari, huquqiy madaniyat, raqamli xavfsizlik.