06.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada “Qiyomat” romanida insoniy fazilatlarning badiiy talqini, inson xarakterining murakkab qatlamlari va axloqiy tanlovlar tahlil qilinadi. Asarda keltirilgan personajlar orqali ezgulik va yovuzlikning ichki kurashi tasvirlangani ilmiy asosda yoritiladi. Muallifning badiiy mahorati, obrazlar tizimi va psixologik tasvir orqali insonning ijtimoiy hamda ma’naviy mohiyati ochib beriladi. Romandagi axloqiy qarama-qarshiliklar jamiyat hayotidagi real jarayonlar bilan bog‘lanib o‘rganiladi. Asarda vijdon, adolat, sabr, mehr, insonparvarlik kabi fazilatlarning o‘zaro uyg‘unligi ilmiy jihatdan sharhlanadi. Tadqiqot natijalarida insoniy fazilatlar badiiy tasvirning asosiy g‘oyaviy yo‘nalishini belgilashi isbotlanadi. Maqola roman personajlari misolida ijtimoiy-ruhiy jarayonlarning badiiy ifodasi tahlil qilingan.
Keywords: Qiyomat romani, insoniy fazilatlar, badiiy tasvir, obrazlar tahlili, ma’naviy qadriyatlar, axloqiy tanlov, psixologik tasvir, ruhiy ziddiyat, ezgulik va yovuzlik, badiiy konsepsiya.