MILLIY KURASH BILAN SHUG‘ULLANUVCHILARNING UMUMIY RUHIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH METODI

06.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12

Abstract. Ushbu maqolada kurashchining irodaviy tayyorgarligi o‘quv mashg‘ulotlarida, kurashning munozarali vaziyatlarida va musobaqalar vaqtida maqsadga erishishga qaratilgan xatti-harakatlardan tashqari, uning mehnat qilish, o‘qish va jamoat ishlariga faol ishtirokida ham yaqqol ko‘rinadi. Mashg‘ulot jarayonidagi bu xatti- harakatlar har doim maqsadga erishish yo‘lidagi turli xil qiyinchiliklar va to‘siqlarni yengish bilan bog‘langan. Ruhiy tayyorgarlik butun o‘quv mashg‘ulot va tarbiyaviy jarayonga singib ketib, kurashchini ayrim mashg‘ulotlarda, muayyan biron-bir bellashuvda va umuman musobaqalarda uchraydigan qiyinchiliklarni yengishga moyil qiladi.

Keywords: Nazariy tayyorgarlik jarayonida, oilada va insonlarning boshqa faoliyat turlarida shug‘ullanuvchilar aqliy (intellektual) rivojlanib boradilar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor