06.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada O’zbekiston hududida olib borilgan arxeologik qazilmalar davomida topilgan. Aytish joizki, musobaqalar oldidan uloqtirishlar, sakrashlar, kuchni namoyish qilishni o’z ichiga oluvchi mashqlar bajarilgan. Ular raqiblarning o’zaro bellashuvlari oldidan badan qizdirish vositasi sifatida xizmat qilgan. Kurashchilar bir-birining teridan ishlangan belbog’idan yoki ustki kiyimining turli joyidan ushlab, kurashishni boshlaganlar. Raqibni erga tashlash usulini bajarishda oyoqlarning ishiga hamda chalish usuliga katta e’tibor berilgan. O’zbekiston hududida yashovchi xalqlarda bellashuv birinchi tashlashgacha davom etgan. Bu musobaqalar milliy musiqa ohanglari sadolari ostida o’tkazilgan va musobaqa g’olibi xalq o’rtasida katta hurmatga sazovor bo’lgan. Kurashchilar bellashuvlari g’alaba, oilaviy tantana yoki mavsumiy bayramlar munosabati bilan o’tkaziladigan bayramlar bezagi bo’lgan.
Keywords: Kurashning oldingi nomi – buxoracha usuldagi kurash, belbog’li kurashning oldingi nomi – farg’onacha usuldagi kurash deb atalgan.