GLOBALLASHUV SHAROITIDA EKOLOGIK ONG VA EKOLOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-SIYOSIY ZARURIYATI

06.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12

Abstract. Ushbu maqola globallashuv sharoitida ekologik ong va ekologik madaniyatning ijtimoiy-siyosiy zaruriyatini ilmiy nuqtai nazardan tahlil qiladi. Globallashuv jarayoni iqtisodiy, madaniy va texnologik integratsiyani kuchaytirgan holda, atrof-muhitga bosimni oshirmoqda va ekologik muammolarni jadal sur’atda kuchaytiradi. Shu munosabat bilan jamiyatda ekologik ongni shakllantirish va ekologik madaniyatni rivojlantirish ijtimoiy barqarorlik, siyosiy stabillik va kelajak avlodning huquqlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanadi. Maqolada ekologik madaniyatni shakllantirishning institutsional mexanizmlari, davlat va fuqarolar hamkorligini mustahkamlash, shuningdek ekologik siyosat va huquqiy mexanizmlarning samarali amalga oshirilishi orqali global ekologik tahdidlarni kamaytirishning strategik yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

Keywords: globallashuv, ekologik ong, ekologik madaniyat, ijtimoiy-siyosiy zarurat, atrof-muhit himoyasi, barqaror rivojlanish.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor