06.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada AAOIFI (Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions) standartining islom banklarida risklarni boshqarishdagi ahamiyati, uni qo‘llash bilan bog‘liq muammolari va uning takomillashtirish orqali samaradorlikni oshirish yo'llari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Islom banklarida foiz (ribo) olish orqali faoliyat olib borish taqiqlanganligi tufayli, an'anaviy banklarga qaraganda risk darajasi yuqori bo'lishi mumkin, shuning uchun islom banklarida maxsus AAOIFI standarti ishlab chiqilgan. Maqolada Islom banklaridagi asosiy risk turlari - likvidlik, operatsion, kredit va Shariatga muvofiqlik risklari, shu bilan birga AAOIFI standartining islom banklarida yuqoridagi risklarni boshqarishda amaliy va nazariy ahamiyati o'rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, AAOIFI standartidan foydalanadigan islom banklarida risk darajasi past va moliyaviy barqarorlik yuqoridir.
Keywords: AAOIFI, islom banklari, risklarni boshqarish, shariat standartlari, moliyaviy operatsiyalar, barqarorlik, shaffoflikni ta’minlash.