04.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada grafika san’atida plakat va illustratsiyada ishlash texnikasining nazariy hamda amaliy jihatlari har tomonlama yoritib berilgan. Plakat va illustratsiyaning badiiy xususiyatlari, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati ochib berilgan. Ish jarayonida qo‘llaniladigan asosiy texnik usullar, kompozitsiya qonuniyatlari, ranglar uyg‘unligi, chiziqlarning ifodaviy imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida grafik asarlar yaratish imkoniyatlari, an’anaviy va raqamli texnikaning o‘zaro uyg‘unligi ham yoritilgan. Maqola tasviriy san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, yosh rassomlar va grafik dizaynerlar uchun nazariy hamda amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Keywords: grafika san’ati, plakat, illustratsiya, texnika, kompozitsiya, ranglar uyg‘unligi, chiziq, shakl, vizual ta’sir, raqamli grafika, dizayn.