03.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu ishda raqamli diagnostika jarayonlarida sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari va uning samaradorligi tahlil qilinadi. Raqamli diagnostika turli datchiklar, tibbiy tasvirlar va raqamli o‘lchovlar orqali olingan ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlashga asoslanadi. Sun’iy intellekt esa ushbu ma’lumotlarni chuqur tahlil qilib, kasalliklarni erta aniqlash, xatoliklarni kamaytirish hamda aniq prognozlar berishga yordam beradi. Tadqiqotda AI algoritmlarining ustunliklari, amaliy qo‘llanish sohasi va diagnostik jarayonlarni optimallashtirishdagi roli yoritilgan.
Keywords: Raqamli diagnostika, sun’iy intellekt, prognozlash, algoritm.