EKOLOGIYA FANINING TARAQQIYOTI: QADIMGI MANBALARDAN ZAMONAVIY EKOLOGIYAGACHA

29.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11

Abstract. Mazkur maqolada ekologiya fanining tarixiy ildizlari, uning “Avesto” kabi qadimiy manbalardagi dastlabki talqinlari hamda O‘zbekistonda ekologik ilmiy maktablarning shakllanish jarayoni yoritilgan. Tadqiqot iqlim o‘zgarishi va qurg‘oqchil hududlarda ekologik muammolarning kuchayishi sharoitida ekologiya fanining nazariy va amaliy ahamiyatini asoslaydi. D. N. Kashkarov, A. L. Brodskiy, T. Z. Zohidov kabi o‘zbek olimlarining ilmiy merosi ekologiya fanining rivojida muhim o‘rin tutgani ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, biogeotsenoz, ekotop, klimatop kabi ekologik tushunchalarning shakllanishi va ular orqali tabiat–jamiyat munosabatlarining ilmiy tahlili amalga oshiriladi.

Keywords: Ekologiya, Avesto, biogeotsenoz, ekotop, klimatop, ekologik tafakkur, D. N. Kashkarov, O‘zbekiston ekologiyasi, iqlim o‘zgarishi, qurg‘oqchil hududlar, tabiiy muhit, ekologik yondashuv, ekologik tarix.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor