26.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11
Abstract. Inson va jamiyat munosabatining ijtimoiy-falsafiy mazmuni, inson hayotining ma’nosi hamda shaxsning jamiyatdagi o‘rni falsafiy nuqtai nazardan tahlil etilgan. Inson tabiatining murakkabligi, uning ma’naviy-axloqiy kamolotga intilishi va shaxs shakllanishida jamiyat, madaniyat, ijtimoiy muhit hamda tarbiyaning o‘rni asoslab berilgan. Shuningdek, milliy ijtimoiy-falsafiy tafakkur namoyandalari, jumladan, E.Yusupov, T.Jurayev, A.Choriyev, A.Sher kabi olimlarning qarashlari o‘rganilib, hayot mazmuni tushunchasining tarixiy-madaniy va ma’naviy ildizlari yoritilgan. Insonning ma’naviy barkamolligi, axloqiy qadriyatlar tizimi, mehr-shafqat, adolat, halollik kabi umuminsoniy tamoyillarning jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy totuvlikka ta’siri ilmiy asosda ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalarida zamonaviy jamiyatda insonparvarlik, ma’naviy uyg‘onish va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish zarurligi asoslangan.
Keywords: Inson, jamiyat, falsafa, hayot mazmuni, ma’naviyat, axloqiy qadriyatlar, ma’naviy kamolot, dunyoqarash, ijtimoiy ong, shaxs shakllanishi, tarbiya, ta’lim, madaniyat, an’ana, urf-odat, ma’rifat, insonparvarlik, ezgulik, adolat, halollik, mehr-muruvvat, burch, mas’uliyat, ijtimoiy muhit, ijtimoiy munosabatlar, shaxs erkinligi, ong va tafakkur, milliy qadriyatlar, jamiyat taraqqiyoti, milliy o‘zlik, madaniy meros, ijtimoiy falsafa, axloq falsafasi, hayot mohiyati, qadriyatlar tizimi, vorislik, avlodlar davomiyligi, dunyoqarash evolyutsiyasi.