22.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11
Abstract. Ushbu ilmiy maqolada kvant fizikasini o‘qitish jarayonida vizualizatsiya metodlari hamda multimediya texnologiyalaridan foydalanishning didaktik ahamiyati, pedagogik ustunliklari va o‘quvchi kompetensiyalarini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Mazkur bo‘limning murakkab nazariy tushunchalarini o‘zlashtirishda virtual simulyatsiyalar, animatsiyalar, grafik modellar, 3D vizual tasvirlar, interaktiv laboratoriya dasturlari va raqamli o‘quv platformalarining ta’siri ko‘rib chiqilib, ushbu vositalarning talabalarning ilmiy tafakkurini rivojlantirish, abstrakt tushunchalarni real jarayonlar bilan bog‘lash, nazariy bilimlarni modellashtirish orqali chuqurlashtirishdagi samaradorligi yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, vizualizatsiya va multimediya texnologiyalariga asoslangan o‘qitish kvant jarayonlarini tushunishni osonlashtiradi, o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi, ularni faol bilish jarayoniga jalb etadi va o‘zlashtirish darajasini sezilarli ravishda ko‘taradi.
Keywords: Kvant fizika, vizualizatsiya, multimediya, virtual simulyatsiya, elektron modellar, interaktiv ta’lim, abstrakt tushunchalar, didaktik texnologiya, animatsiya, 3D tasvir.