22.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11
Abstract. Ushbu maqolada fransuz sotsiologi Emile Dyurgim tomonidan ilgari surilgan “anomiya” konsepsiyasining mazmuni, mohiyati va ijtimoiy hayotdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda anomiyaning me’yorlar, qadriyatlar tizimi va ijtimoiy tartib bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Shuningdek, Dyurgimning “Ommaviy mehnat taqsimoti” hamda “O‘z joniga qasd qilish” asarlarida anomiya tushunchasining nazariy asoslari o‘rganiladi. Zamonaviy O‘zbekiston jamiyatida ijtimoiy o‘zgarishlar davrida yuzaga kelayotgan anomik holatlar ham qisqacha tahlil etilgan.
Keywords: anomiya, Dyurgim, ijtimoiy tartib, qadriyatlar, me’yor, jamiyat, sotsiologiya.