21.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11
Abstract. Ushbu ilmiy ish yoshlar orasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishning zamonaviy yo‘llarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda huquqiy tarbiyaning nazariy asoslari, ta’lim muassasalarida va oilada huquqiy bilimlarni shakllantirish usullari, ommaviy axborot vositalari hamda raqamli platformalarning yoshlar huquqiy madaniyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy va xalqaro tajriba asosida huquqiy targ‘ibotning samarali mexanizmlari, yoshlarni huquqbuzarlikning oldini olishga yo‘naltirilgan profilaktik choralar ham atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari yoshlar orasida huquqiy savodxonlikni yuksaltirish, ularni huquq va majburiyatlarni ongli ravishda anglashga undash bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Keywords: Huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy tarbiya, yoshlar, profilaktika, huquqiy savodxonlik, huquqiy targ‘ibot, milliy tajriba, xalqaro tajriba, huquqbuzarlikning oldini olish, raqamli platformalar, ma’naviy tarbiya, huquqiy ta’lim.