O‘ZBEKISTONDA EKOLOGIK OMILLARNING SPORT FAOLIYATIGA TA’SIRI

21.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11

Abstract. Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va inson salomatligiga, ayniqsa sportchilar organizmiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilingan. Havo, suv va tuproqning ifloslanishi, Arol dengizi fojiasi, iqlim o‘zgarishlari hamda sanoat chiqindilarining sportchilarning jismoniy va ruhiy holatiga ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, maqolada ekologik omillarning sportchilar nafas olish, yurak-qon tomir, immun va asab tizimlariga ta’siri, mashg‘ulot samaradorligiga bo‘lgan salbiy oqibatlari tahlil qilinadi. Muallif ekologik muammolarni kamaytirish, sportchilar salomatligini muhofaza qilish va ekologik toza mashg‘ulot sharoitlarini yaratish bo‘yicha amaliy takliflar beradi. Maqola yakunida ekologik madaniyatni oshirish, sport infratuzilmasida ekologik me’yorlarga rioya qilish va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ilgari surilgan.

Keywords: Ekologiya, atrof-muhit, sportchi organizmi, havo ifloslanishi, suv resurslari, iqlim o‘zgarishi, ekologik muammolar, sog‘lom turmush tarzi, ekologik xavfsizlik, sport tibbiyoti.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor