21.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11
Abstract. Ushbu maqolada qurilish obyektlarida prokuror nazoratining huquqiy, tashkiliy va amaliy asoslari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda prokuror tekshiruvining mazmuni, nazorat o‘lchovi institutining texnik-huquqiy ahamiyati, byudjet mablag‘lari sarfi ustidan nazoratning o‘ziga xos xususiyatlari hamda korrupsiya xavflarini aniqlash mexanizmlari ilmiy asosda yoritilgan. Qurilish jarayonida uchrayotgan tizimli muammolar — loyiha-smeta hujjatlaridagi noaniqliklar, texnik nazorat organlarining sust faoliyati, manfaatlar to‘qnashuvi, prokurorlarning texnik savodxonligi yetishmovchiligi, materiallar sifati bo‘yicha laborator tekshiruvlarning zaifligi kabi omillar — keng qamrovda o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada xorij tajribalari tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitida prokuror nazoratini takomillashtirish bo‘yicha konkret taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Keywords: prokuror nazorati, qurilish obyektlari, nazorat o‘lchovi, loyiha-smeta hujjatlari, texnik nazorat, byudjet mablag‘lari, korrupsiya xavflari, texnik ekspertiza, smeta oshirilishi, qurilish sifati, davlat manfaatlari, huquqiy mexanizm, normativ-huquqiy asoslar, tender shaffofligi, mustaqil ekspertiza, raqamlashtirish, laborator tahlil, qurilish normalari.