20.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11
Abstract. Ushbu maqolada kiberterorizm hodisasining jinoyat-huquqiy tahlili, uning an'anaviy terrorizmdan farqlovchi xususiyatlari hamda milliy va xalqaro qonunchilikdagi normativ tartibga solish muammolari o'rganiladi. Tadqiqot natijalarida kiberterorizm va oddiy kiberjinoyatlarni farqlash mezonlari ishlab chiqilgan, qonunchilikdagi bo'shliqlar aniqlangan hamda milliy xavfsizlikni ta'minlashda jinoiy-huquqiy choralarni takomillashtirish bo'yicha amaliy takliflar taqdim etilgan. Maqola kiberterorizm muammolarini kompleks o'rganish orqali nazariy bilimlarni boyitishga va amaliy huquq sohasini takomillashtirishga qaratilgan.
Keywords: kiberterorizm, axborot xavfsizligi, milliy xavfsizlik, kiberhujumlar, jinoyat-huquqiy ta'rif, jinoiy javobgarlik, kritik infratuzilma, kiberfazo, terroristik faoliyat, xalqaro huquq.