18.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11
Abstract. Mazkur ilmiy ishda biznes va qimmatli qog‘ozlarni baholashning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqot davomida kompaniya qiymatini aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy yondashuvlar — diskontlangan pul oqimi (DCF), multiplikatorlar usuli va aktivlar asosida baholash metodlari tahlil qilingan.Natijalar shuni ko‘rsatadiki, texnologiya va sog‘liqni saqlash tarmoqlari yuqori qiymatga ega bo‘lsa, energetika va an’anaviy sanoat tarmoqlarida ushbu ko‘rsatkichlar nisbatan past. Ushbu tadqiqot natijalari biznes subyektlari va investorlar uchun qaror qabul qilish jarayonida amaliy ahamiyat kasb etadi.
Keywords: Biznesni baholash, qimmatli qog‘ozlar, EV/EBITDA, DCF usuli, multiplikator, bozor qiymati, investitsiya, tahlil, kapital, moliyaviy ko‘rsatkichlar.