O‘ZBEKISTONDA MEHNAT MUNOSABATLARI TARIXIY TRANSFORMATSIYASI

15.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11

Abstract. Ushbu maqolada O‘zbekiston mehnat munosabatlarining tarixiy transformatsiyasi bosqichma-bosqich ilmiy tahlil etilgan. Qadimgi va o‘rta asrlardagi mehnat shakllari, chor Rossiyasi mustamlakachiligi davridagi yollanma mehnat jarayonlari, sovet davridagi markazlashgan mehnat tizimi hamda mustaqillikdan keyingi bozor iqtisodiyotiga mos mehnat munosabatlarining shakllanishi yoritilgan. Shuningdek, 2017 yildan boshlab amalga oshirilayotgan modernizatsiya va raqamlashtirish jarayonlarining mehnat bozoriga ta’siri ko‘rsatib berilgan. Mehnat shartnomalari, xususiy bandlik agentliklari, masofaviy mehnat, gender tengligi hamda mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq islohotlar zamonaviy mehnat tizimining asosiy tarkibiy qismi sifatida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston mehnat bozorining global tendensiyalarga mos ravishda takomillashib borayotganini ko‘rsatadi.

Keywords: mehnat munosabatlari, transformatsiya, bozor iqtisodiyoti, mehnat bozorini raqamlashtirish, mehnat migratsiyasi, bandlik, kasaba uyushmalari, mehnat shartnomasi, xususiy bandlik agentliklari, mehnat huquqi, tarixiy rivojlanish, modernizatsiya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor