GIMNASTIKACHILARNI JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHGA O‘RGATISHDA YORDAMCHI VOSITALARDAN FOYDALANISH

15.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11

Abstract. So‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasida gimnastika mashg‘ulotlarini zamonaviy metodlar asosida tashkil etish, sportchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish dolzarb masalaga aylandi. Xususan, gimnastikachilarning kuch, chaqqonlik, chidamlilik, muvozanat va moslashuvchanlik kabi jismoniy sifatlarini shakllantirishda turli yordamchi vositalar — sport anjomlari, trenajyorlar, elastik lentalar, balansi taxtachalari, va interfaol texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu yordamchi vositalar nafaqat sportchining mushak faoliyatini takomillashtiradi, balki harakatlarni to‘g‘ri bajarish, koordinatsiyani mustahkamlash hamda jarohatlanish xavfini kamaytirishga xizmat qiladi. Shu boisdan, zamonaviy sport ta’limida gimnastikachilarning jismoniy sifatlarini kompleks rivojlantirishda texnik va metodik vositalardan oqilona foydalanish samaradorlikni oshirishning muhim omillaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Keywords: gimnastika, jismoniy sifatlar, yordamchi vositalar, trenajyorlar, koordinatsiya, chaqqonlik, chidamlilik, harakat texnikasi, innovatsion yondashuv, sport tayyorgarligi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor