15.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11
Abstract. Maqolada diqqatning psixik funksiyalari va xususiyatlari kengroq yoritilgan. Diqqatning fiziologik asoslari, diqqatning pasayishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘rganilishi,axborot ishlash modellari, xotira muammolari haqida statistik ma’lumotlar mavjud. Diqqat pasayishi va xotira muammolari bugungi kunda shaxsiy va kasbiy hayotga ta’sir ko’rsatadigan eng keng tarqalgan muammolardan biri hisoblanadi.
Keywords: diqqat, diqqatsizlik, ko‘ruv diqqat, diqqatning taqsimlanishi, xotira, vaqtinchalik hissiy xotira, qisqa muddatli xotira, uzoq muddatli xotira, xotira muammolar.